1. TERMINLAR VA TUSHUNCHALAR:
1.1. Foydalanuvchi - dasturiy mahsulotga erkin (sinov), shu jumladan, kirish huquqini qo‘lga kiritgan yoki sotib olish niyatida bo‘lgan, unda o‘quvchi yoki uning ota-onasi roliga ega bo‘lgan «eMaktab.uz» avtomatlashtirilgan axborot tizimining foydalanuvchisi.
1.2. Ma'muriyat - O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent, Mirzo-Ulug‘bek tumani, S-1, Mustaqillik shox ko‘chasi, 7-uy manzilda joylashgan va ro‘yxatdan o‘tgan «O‘ZLASHTAH» Mas'uliyati cheklangan jamiyati. Ma'muriyat xodimlari Foydalanuvchi bilan munosabatlarda tegishli vakolatli shaxslar hisoblanadi.
1.3. Dasturiy mahsuloti - Ma'muriyat tomonidan lisenziyalangan, veb va agar mavjud bo‘lsa, mobil versiyalarda mavjud bo‘lgan «O‘zlashtirish tahlili» EXM dasturi.
1.4. Lisenziya - bu Foydalanuvchining ushbu shartnomada nazarda tutilgan shartlarga muvofiq Dasturiy mahsulotdan foydalanishga bo‘lgan mutlaq bo‘lmagan huquqidir.
2. UMUMIY QOIDALAR:
2.1. Ushbu Shartnoma Ma'muriyat va Dasturiy mahsulotni o‘rnatgan yoki Dasturiy mahsulotga boshqa yo‘l bilan kirish huquqini olgan Foydalanuvchi o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Dasturiy mahsulotni o‘rnatish yoki dasturiy mahsulotga boshqa yo‘l bilan kirish orqali foydalanuvchi Ma'muriyat taklifini qabul qilgan hisoblanadi va ushbu shartnoma shartlarini qabul qiladi.
2.2. Dasturiy mahsulot Foydalanuvchiga o‘quvchining taraqqiyotining (Foydalanuvchining o‘zi yoki farzandi) batafsil tahlil qilish, sinfdagi reytingini aniqlash va sinfdoshlari baholari bilan taqqoslash imkonini beradi. Dasturiy mahsulot o‘quvchilarga o‘z bilimlarini baholashga va sog‘lom raqobat muhitini yaratishga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarni ilmiy natijalarini yaxshilashga undaydi va umuman akademik ko‘rsatkichlarni oshiradi.
2.3. Dasturiy mahsulotni o‘rnatish va undan foydalanish uchun quyidagi dasturiy ta'minot talab qilinadi:
- Internet tarmog‘idagi veb - sahifalarni ko‘rish dasturi (veb-brauzer) - dasturiy mahsulotning veb-versiyasiga kirish uchun;
- Android yoki iOS operasion tizimining aktual versiyasi – dasturiy mahsulotning mobil versiyasini (agar mavjud bo‘lsa) o‘rnatish uchun.
2.4. Ushbu shartnomani bajarish maqsadida va uning amal qilish muddati davomida Ma'muriyat Foydalanuvchiga dasturiy mahsulotdan quyidagi usullarda foydalanish uchun eksklyuziv bo‘lmagan lisenziyani beradi:
Lisenziya muddati Foydalanuvchi mablag‘lari hisobdan chiqarilishidan oldin dasturiy mahsulot interfeysida ko‘rsatilgan variantlar asosida Foydalanuvchining tanlovi bilan belgilanadi.
- Dasturiy mahsulotning bitta nusxasini EXMga o‘rnatish huquqi (agar mavjud bo‘lsa, mobil qurilmaning xotirasiga yozish);
- Dasturiy mahsulotdan notijorat tarzda maqsadga muvofiq foydalanish huquqi.
2.5. Foydalanuvchi quyidagilarni qabul qilishga roziligini bildiradi:
u tomonidan ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga va/yoki boshqa taqdim etilgan aloqa kanallari orqali. Foydalanuvchi elektron pochta manzilining to‘g‘riligini, uning boshqa aloqa kanallarining tafsilotlarini va qonuniy asoslarda Foydalanuvchiga tegishli ekanligini kafolatlaydi.
- akademik ko‘rsatkichlarga oid taxririy xarakterga ega xabarlarni qabul qilish;
- Dasturiy maxsulotning ishlashi to‘g‘risida axborot xabarlarini qabul qilish;
- Lisenziyani sotib olish yoki yangilash bo‘yicha joriy takliflar.
2.6. Ma'muriyat faqat dasturiy mahsulotning ishlashi uchun zarur bo‘lgan Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlaydi. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashning maqsadlari Ma'muriyat tomonidan ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘g‘ri bajarishdir. Dasturiy mahsulotdan foydalangan holda Foydalanuvchi shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashga o‘z roziligini bildiradi.
2.7. Ma'muriyat Foydalanuvchi tomonidan ushbu Shartnoma va/yoki O‘zbekiston qonunchiligi buzilgan taqdirda, shuningdek bunday qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda Foydalanuvchining dasturiy mahsulot bilan foydalanishni bir tomonlama to‘xtatib turishga haqlidir.
3. LISENZIYANI SOTIB OLISH VA DASTURIY MAHSULOTDAN FOYDALANISH.
3.1. Ma'muriyat xohishiga ko‘ra belgilangan sinov muddati davomida Foydalanuvchilarga dasturiy mahsulotga bepul kirishni taklif qilishi mumkin.
3.2. Dasturiy mahsulotga kirishga buyurtma berishda foydalanuvchi Lisenziya muddatini, shuningdek kirish paytida mavjud bo‘lgan boshqa obuna shartlarini tanlash imkoniyatiga ega.
3.3. Lisenziyaning qiymati uning amal qilish muddati va foydalanuvchi tanlagan to‘lov tartibi bilan belgilanadi. Belgilangan ma'lumotlar foydalanuvchi mablag‘lari hisobdan chiqarilishidan oldin dasturiy mahsulot interfeysida ko‘rsatiladi. Lisenziya uchun to‘lov bank plastik kartasi yoki lisenziyani buyurtma qilish paytida mavjud bo‘lgan boshqa usul yordamida amalga oshiriladi.
3.4. To‘lovni amalga oshirishda Foydalanuvchi to‘lov tartibi va usullari bo‘yicha to‘lov ko‘rsatmalariga amal qilishi shart.
3.5. Foydalanuvchi mustaqil ravishda va o‘z hisobidan mablag‘larni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni, shu jumladan banklar va to‘lov tizimlarining komissiyalarini o‘z zimmasiga oladi.
3.6. Pul mablag‘lari o‘tkazilishini tasdiqlash uchun banklar va to‘lov tizimlari tomonidan berilgan naqd pul tushumlari va boshqa hujjatlar, shu jumladan elektron hujjatlar Foydalanuvchi to‘lovini tasdiqlash uchun xizmat qiladi.
3.7. Foydalanuvchi mablag‘larni o‘z nomidan mustaqil ravishda kiritadi. Voyaga yetmagan Foydalanuvchi o‘z nomidan mablag‘lar kiritadi, lekin uning ota-ona roziligi bilan/qonuniy vakili, aks holda mablag‘lar voyaga yetmagan Foydalanuvchi nomidan ota-ona/ qonuniy vakili tomonidan kiritiladi. Voyaga yetmaganga bitim tuzish uchun ota-onasining/qonuniy vakilining roziligi kerak bo‘lgan hollarda, Foydalanuvchi bunday rozilikka ega deb xisoblanadi. Foydalanuvchi o‘z ota-ona / qonuniy vakili tegishli roziligini egaligiga to‘liq javobgar bo‘ladi (bunday ruxsat zarur bo‘lsa). 18 yoshga to‘lmagan Foydalanuvchi yiliga 450,000.00 (to‘rt yuz ellik ming) so‘mdan oshmaydigan miqdorda lisenziya sotib olish huquqiga ega.
3.8. To‘lov usuli sifatida dasturiy mahsulotga avtomatik ravishda qayta tiklanadigan obunani tanlagan Foydalanuvchi istalgan vaqtda navbadtagi obunadan oldin dasturiy mahsulot interfeysida "Obuna ma'lumotlari" - "Obunani bekor qilish" opsiyasini tanlagan holda obunani yangilashni bekor qilish huquqiga ega.
3.9. Litsenziya dasturiy mahsulotning barcha funksiyalaridan Foydalanuvchining o'zi va uning oila a'zolari (foydalanuvchidan tashqari yana 4 ta oila a'zolari) tizimda tegishli qarindoshlik aloqalarini o'rnatish sharti bilan foydalanish imkonini beradi "eMaktab.uz".
4. JAVOBGARLIK
4.1. Foydalanuvchi ushbu Shartnomani tuzishda uning bir qator shaxsiy ma'lumotlari, shu jumladan dasturiy mahsulot doirasida ishlatiladigan baholar to‘g‘risidagi ma'lumotlar «eMaktab.uz» tizimga faoliyati Ma'muriyat nazoratidan tashqarida bo‘lgan ta'lim muassasalari xodimlari tomonidan kiritilishidan xabardor. Ma'muriyat dasturiy mahsulot orqali amalga oshiriladigan baholash ma'lumotlarining tahlilining o‘z vaqtida va aniqligi uchun javobgar emas.
4.2. Foydalanuvchi o‘zi tanlagan to‘lov usullaridan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini buzmagan holda foydalanish huquqiga ega ekanligiga kafolat beradi. Ma'muriyat Foydalanuvchining unga tegishli bo‘lmagan to‘lov vositalaridan foydalanishi natijasida uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar emas. Ma'muriyat, agar Foydalanuvchi noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etganligiga shubha tug‘ilsa, holatlar aniqlanmaguncha, Dasturiy mahsulotga kirishni ta'minlashni bir tomonlama to‘xtatib turish huquqini o‘z vakolatlari doirasida saqlab qoladi.
4.3. Ma'muriyat Foydalanuvchining to‘lov shartlarini bajarishining to‘g‘riligi, shu jumladan Ma'muriyat nazorati ostida bo‘lmagan holatlar tufayli yuzaga kelgan har qanday moliyaviy yo‘qotishlar uchun javobgar yemas.
4.4. Ma'muriyat dasturiy mahsulotga kirishni ta'minlashdagi har qanday texnik nosozliklar va xatolarni, ularning kelib chiqish sabablaridan qat'i nazar, imkon qadar tezroq bartaraf etish uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshiradi. Shu bilan birga, Ma'muriyat texnik xatolar va nosozliklarning to‘liq yo‘qligiga kafolat bermaydi. Texnik nosozliklarning paydo bo‘lishi, agar ular 10 (o‘n) kalendar kun ichida bartaraf etilsa, Dasturiy mahsulotga obunani bekor qilish va Foydalanuvchi tomonidan qo‘yilgan mablag‘larni qaytarish uchun sabab bo‘lmaydi. Agar nosozliklar ketma-ket 10 (o‘n) kalendar kundan ortiq davom etsa, Ma'muriyat Foydalanuvchining iltimosiga binoan uning lisenziyasining amal qilish muddatini ilovadagi nosozliklarni amalda bartaraf etish muddatiga uzaytiradi. Agar texnik nosozliklar ketma-ket 30 (o‘ttiz) kalendar kundan ortiq davom etsa, Foydalanuvchi dasturdan keyingi foydalanishni rad etishga va Ma'muriyatdan dastur ishlamagan yoki texnik xatolar va nosozliklar bilan ishlagan davr uchun to‘langan mablag‘larni qaytarib berishni talab qilishga haqlidir.
4.5. Bunday Shartnoma shartlarini buzilishi favqulodda vaziyat holatlari (fors-major) tufayli bo‘lsa, Ma'muriyat Shartnoma shartlarini buzganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladi, shu jumladan: davlat organlari harakatlari, yong‘in, suv toshqini, epidemiya, pandemiya, zilzila, boshqa tabiiy harakatlar, elektr va/yoki kompyuter tarmog‘i uzilishlar, interenet yo‘qligi, ish tashlashlar, fuqarolik tartibsizliklar, tartibsizliklar, qonun bilan favqulodda vaziyat holatlari bilan bog‘liq boshqa har qanday holatlar.
5. BOSHQA QOIDALAR
5.1. Foydalanuvchilarning dasturiy mahsulotning ishlashiga oid barcha da'volari va istaklari internet sahifasida ko‘rsatilgan aloqa vositalariga quyidagi ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha yuborilishi kerak: https://help.emaktab.uz/hc/uz/.
5.2. Har qanday nizo yuzaga kelganda, uning tomonlari elektron yozishmalarga qabul qilinadigan dalil sifatida ishlatishlari mumkin.
5.3. Foydalanuvchining barcha da'volari ular olingan kundan boshlab 20 (yigirma) kun ichida ko‘rib chiqiladi. Ma'muriyat da'vo kelib tushgan elektron pochta manziliga yoki boshqa aloqa kanaliga yelektron pochta yoki xabar yuborishda Foydalanuvchiga tegishli ravishda javob bergan deb hisoblanadi.
5.4. Agar shartnoma shartlaridan biri haqiqiy yemas deb topilsa, bu umuman shartnomaning haqiqiy yemasligiga olib kelmaydi.
5.5. Shartnoma joriy versiyasi quyidagi manzilda joylashgan: https://app.ozlashtah.uz/terms-uz. Ma'muriyat veb-saytda yoki Dasturiy mahsulot interfeysida o‘zgarishlarni e'lon qilish orqali shartnomani bir tomonlama o‘zgartirish huquqiga ega. O‘zgartishlar e'lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi, agar o‘zgartishlar e'lon qilingan paytdan boshlab kuchga kirishining boshqa sanasi qo‘shimcha ravishda belgilanmagan bo‘lsa. Foydalanuvchi veb-saytda yoki dasturiy mahsulot interfeysida joylashgan shartnoma matnidagi o‘zgarishlarni mustaqil ravishda kuzatib boradi.
5.6. Agar nizolar muzokaralar yo‘li bilan hal etilmasa, ular O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda sudda hal etilishi lozim.
5.7. Tomonlarning ushbu Shartnoma bilan tartibga solinmagan munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, shuningdek, «eMaktab.uz» tizimidan Foydalanuvchi kelishuviga muvofiq amalga oshiriladi.